O‘zbekiston | 12:04 / 18.01.2016
5542
2 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 7 marta yerosti silkinishlari qayd etildi

O‘zbekistonda 2016 yilning ilk ikki haftasi davomida 7 marta yerosti silkinishlari kuzatildi

Yangi yilning ilk kunida ikki marta, mahalliy vaqt bilan soat 03:15da va 08:26da Toshkent hamda Andijonda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi.

2 yanvar kuni soat 13:51da Toshkentda magnitudasi 2 ga teng bo‘lgan yerositi silkinishlari kuzatildi.

Navbatdagi zilzila 8 yanvar kuni soat 14:07da qayd etildi. Toshkent va Samarqandda yerosti silkinishlari kuchi 2 balldan kam bo‘lgani xabar qilindi.

9 yanvar, shanba kuni soat 04:02da Toshkent shahrida magnitudasi 4 ga yaqin bo‘lgan yerosti silkinishlari sezildi. Zilzila episentri Yangiyo‘l shahri yaqinida joylashgani ma'lum qilindi.

13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:07da O‘zbekistonning ayrim hududlarida yerosti silkinishlari sezildi. «Toshkent» seysmostansiyasidan ma'lum qilishlaricha, Toshkentda yerosti silkinishlari kuchi 2—3 , Andijonda – 3, Farg‘onada – 3-4 ballni tashkil etgan.

Oxirgi marta 14 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:24da Toshkentdan bor-yo‘g‘i 15 km uzoqlikda magnitudasi 3 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi.