Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:36 / 18.01.2016
3683
1 daqiqa o‘qiladi
«Zenit» braziliyalik futbolchi sotib oldi
«Terek»ning 27 yoshli braziliyalik yarim himoyachisi Maurisio «Zenit»ning qishki transferlardagi ilk xaridi bo‘ldi.
Piterliklar saytida ma'lum qilinishicha, ushbu futbolchi bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma tuzilgan.
Bu futbolchi «Terek» safida shu vaqtgacha 165ta o‘yin o‘tkazgan, 28ta gol urib, 13ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.