Sport | 11:27 / 19.01.2016
2932
2 daqiqa o‘qiladi

Blatter ishdan chetlatilgan bo‘lsada FIFAdan maosh olishda davom etmoqda

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter futboldagi faoliyatdan bo‘lsada, tashkilotdan maosh olishda davom etmoqda. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

2015 yilning dekabrida FIFAning Axloq ishlari qo‘mitasi 1998 yildan beri tashkilot prezidenti sifatida ishlagan Yozef Blatterni hamda UYeFA rahbari Mishel Platinini 8 yilga futboldan chetlatgandi.

"Tashkilotning yangi prezidenti uchun saylovlar o‘tadigan kungacha janob Blatter qog‘ozda FIFA prezidenti hisoblanadi. 26 fevralgacha u shartnoma asosida maosh olishda davom etish huquqiga ega", deydi FIFAning Axloq qo‘mitasi matbuot xizmati vakili Andreas Bantel.

2015 yilning sentabr oyi oxirida Shveytsariya prokuraturasi Blatterni Platiniga hech qanday rasmiy hujjutlarsiz 2 mln frank miqdoridagi mablag‘ni bergani bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagandi. Bu mablag‘ Platiniga 2011 yilda o‘tkazilgan. Platini bu pullar o‘ziga 1999 yildan 2002 yilgacha FIFAdagi faoliyati uchun maosh sifatida to‘langanini aytgan bo‘lsada, buni isbotlab bera olmadi.

Qayd etish kerakki, bu ikki amaldorga korrupsiya aybi qo‘yilmadi va ular qamoqdan qutilib qolishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish