Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet kompaniyasi Cruze gibridining sinovlarini boshladi
Chevrolet kompaniyasi Cruze mashinasining gibrid modifikatsisini sinovdan o‘tkaza boshladi. Sinov prototipining dastlabki fotosuratlari Motor 1 nashri tomonidan e'lon qilindi.
Aytilishicha, yangi mashina Volt gibridining 1.5 l li dvigateli yoki Malibu sedanining 1.8 l li 4 silindrli motori bilan jihozlanadi. Kuch qurilmasi tarkibiga, shuningdek, elektr motori va litiy-ion batareyalari kiradi.

Gibrid jihozlanadigan uskunalar ro‘yxatiga orqa ko‘rinish kamerasi, Android Auto va Apple CarPlay ilovalarini qo‘llab-quvvatlovchi MyLink multimedia kompleksi kiradi. Uning premerasi bahorda bo‘lib o‘tadi; gibrid sotuvga 2016 yil oxirida yoki 2017 yil boshida chiqariladi.