Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning Assam shtatiga bosh vazir tashrifi vaqtida portlash yuz berdi
Hindiston shimoli-sharqidagi Assam shtatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Hundistan Times nashri xabar bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu hodisa tufayli 1 kishi halok bo‘lgan va 4 kishi jarohat olgan.
Politsiya taxminiga ko‘ra, bu portlash qo‘l granatasi vositasida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, bu portlash Assam shtatiga mamlakat bosh vaziri Narendra Modi tashrif buyurgan vaqtda sodir etilgan.
Bundan oldinroq, Hindiston bosh vaziriga mol go‘shtiga qo‘yilgan taqiq tufayli IShID tomonidan tahdid qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.