Jahon | 12:19 / 19.01.2016
3793
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada 60 mashina ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Janubiy Koreyada 60taga yaqin mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda 19 yanvar kuni Kiodo agentligi ma'lum qildi.

Avariya mahalliy vaqt bilan 0:50 (Toshkent vaqti bilan 20:50)da mamlakat janubi-g‘arbidagi tezkor avtomagistralda ro‘y berdi. OAV xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisadan bir oz muqaddam ushbu hududda qor yoqqan edi. Jabrlanganlar to‘g‘risi hozircha ma'lumotlar e'lon qilinmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish