Jahon | 10:22 / 19.01.2016
3446
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri: yadroviy qurol Saudiyaning xavfsizligini ta'minlamaydi

Saudiya Arabistoni yadroviy qurolning xarid qilinishi nihoyatda murakkab masala bo‘lish barobarida Eron bilan keskinlikni bartaraf qilmasligini va jamiyat xavfsizligini ta'minlamasligini yaxshi tushunadi.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri aytib o‘tdi.“Shunchaki bombani sotib olish, yoki uni yetkazib berish mumkin emas”, - dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, Kerri yadroviy qurolni tarqatmaslik prinsipini buzish o‘z ketidan og‘ir oqibatlarni olib kelishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish