Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada dunyodagi eng kichik kinoteatr ochildi
Norvegiyaning Tromsyo shahrida dunyodagi eng kichik kinoteatr ochildi, deb xabar bermoqda FlashNord nashri. Kinoteatr qayta jihozlangan gazeta kioski bo‘lib, ikki tomoshabinga mo‘ljallangan.
Kinozalning ochilishi Tromsyodagi XXVI xalqaro kinofestival ishi boshlanishiga moslashtirildi. Kinoteatrda har kuni bittadan film ko‘rish mumkin. Tashkilotchilarning aytishicha, ushbu mitti kinoteatrdagi tovush va tasvir oddiy kinoteatrdagidan qolishmaydi. Filmlarni kinomexanik namoyish qiladi.
Ushbu kinoteatrdagi yaqin kunlardagi barcha namoyishlar uchun chiptalar sotib bo‘lindi. Bu kinoteatrda kino ko‘rishni istovchilar 500 norveg kroni (taxminan 55 dollar) to‘lashlariga to‘g‘ri keldi.