Jahon | 09:30 / 19.01.2016
2470
1 daqiqa o‘qiladi

Peruda avtobus jarlikka qulashi tufayli 12 kishi halok bo‘ldi

Peruning Xunin viloyatida shaharlararo qatnovchi avtobus qoyadan pastlikka qulashi tufayli halok bo‘lganlar soni 12 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda El Comercio nashrida yozilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu hodisa haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani tufayli ro‘y bergan. Natijada avtobus qariyb 100 metr balandlikdan jarga qulagan.

El Universal portalida esa qurbonlar soni 16 nafarligini, balandlik esa 35 metrdan yuqori bo‘lmaganini yozgan.

Ayni vaqtda voqea hududida qutqaruvchilar va politsiya xodimlari ish olib borishmoqda. Mahalliy shifoxonaga bu hodisa tufayli jarohatlangan o‘n kishi olib borilgan.