Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:02 / 19.01.2016
6207
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston Rossiyaga GES qurilishiga ajratilgan 37 mln dollarni qaytaradi
Qirg‘iziston Rossiyaga Yuqori Norin GES kaskadining qurilishiga ajratilgan 37 mln dollarni qaytaradi. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari Nurlan Sodiqov bayonot berdi.
“Biz Rossiyaga ilgari kaskad qurilishiga tikilgan 37 mln dollarni qaytarmoqchimiz”, - dedi u. Amaldor, shuningdek, respublika loyiha uchun yangi investorlar topganidan so‘ng Rossiya oldida qarz qaytarilishini ta'kidlab o‘tdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish