Jamiyat | 16:30 / 20.01.2016
9423
2 daqiqa o‘qiladi

“Baron” filmining davomi suratga olinadimi?

Xabaringiz bor, shu yilning 17 yanvaridan poytaxtimiz ekranlarida rejissyor Rustam Sa'diyevning “Baron” filmi namoyishi boshlandi. O‘zbek kinosi tarixida ilk bor 4K formatda tasvirga olingan o‘tkir syujyetli psixologik drama aksariyat tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olindi.

Kutilmagan, kishini hayajonga soladigan sahnalarga boy film so‘ngida har bir tomoshabin qalbida bir savol tug‘ilsa kerak: “Baronning keyingi taqdiri nima bo‘ladi?”
Kun.uz muxbiri shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida kartina rejissyori Rustam Sa'diyev bilan bog‘landi.

“Baron-2” filmini suratga olish rejasi avvaldan bor edi. Ayni paytda ssenariyni yozishga kirishganmiz” - dedi R.Sa'diyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda “Baron” filmini rus va ingliz tillariga o‘girish ishlari davom ettirilmoqda. Tarjima jarayoni yaqin bir oylar ichida yakuniga yetganidan so‘ng kartinaning jahon premeralariga ham start beriladi. Biroq xorijiy davlatlar kino prokatlariga chiqarilish muddatlari sir tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Sa'diyevning “Baron” filmida mashhur gollivud aktyori G‘asson Ma'sud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy va “Brigada” serialida rol ijro etgan Farhod Mahmudov ham filmda qatnashgan.
Avvalroq esa Kun.uz sayti “Baron” filmi to‘g‘risida uning rejissyori Rustam Sa'diyevdan intervyu olgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish