Jahon | 14:59 / 20.01.2016
3791
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev: multimillioner bo‘lib ketadigan o‘g‘rilar va amaldorlar davri o‘tib ketdi

Multimillioner bo‘lib ketadigan o‘g‘rilar va amaldorlar davri o‘tib ketdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 20 yanvar kuni o‘tkazilgan davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.

Shuningdek, u davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlarni chin dildan tabriklab, ularning yutuqlarini e'tirof etdi.

“Siz ularga munosib ravishda halol mehnat qildingiz”, - deb ta'kidladi u.
Davlat mukofotlariga 100dan ortiq odam va 16 tashkilot loyiq ko‘rildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish