Jahon | 15:10 / 20.01.2016
4212
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev: odamlarimiz tog‘ni talqon qilishga qodir

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 20 yanvar kuni o‘tkazilgan davlat mukofotlarini topshirish marosimida mamlakat fuqarolari tog‘ni urib talqon qilishga qodirligini ta'kidlab o‘tdi.

“Mamlakatda asosiy narsa – xalqimizning birdamligidir, - dedi u. – Mintaqada barcha bizning mamlakatimizga havas qilishiga erishamiz. Boshqa davlatlar fuqarolariga bizga havas qilishiga, ularda ham bizdagiday iqtisodiyot, demokratiya va erkinlik bo‘lishini orzu qilishiga erishamiz. Kim nima deyishidan qat'iy nazar, biz ko‘p narsaga erishdik. Shunchaki odamlar yaxshi narsaga tez o‘rganib qoladi”.