Jahon | 15:12 / 20.01.2016
14840
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev prezidentlik faoliyatiga yakun yasay boshladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘zining bu lavozimdagi faoliyatiga yakun yasay boshladi. Bu haqda u 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.

“Men sekin-asta xulosalar qila boshlayapman, - dedi u. – Bir yarim qoldi, shundan so‘ng sizda yangi prezident bo‘ladi. Kutilmaganda, Xudoning yordami bilan ko‘p narsa qilishga erishdik. Albatta, bu yerda o‘tirgan odamlar, mamlakatimizni oyoqqa ko‘targan minglab fuqarolarimiz tufayli bu ishlar qilindi”.

Shuningdek, u davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlarni chin dildan tabriklab, ularning yutuqlarini e'tirof etdi.

Davlat mukofotlariga 100dan ortiq odam va 16 tashkilot loyiq ko‘rildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish