Sport | 08:09 / 20.01.2016
7532
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda politsiyachi Messining pasportini videoga olgani uchun sudga chaqirildi

BAA politsiyasi vakili "Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messining shaxsiy hayotiga aralashganlikda ayblanib, Dubay sudiga chaqirilgan. Bu haqda ESPN xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, 2015 yilning dekabrida Messi ECA (Globe Soccer Awards) versiyasi bo‘yicha "yilning eng yaxshi futbolchisi"ga beriladigan mukofotni qabul qilib olish uchun bu mamlakatga kelganida, ushbu politsiyachi uning pasportini videoga olgan.

Politsiyachi videoni internetga joylashtirgan. U "Men bu pasportni yoqib yuboraymikan yoki qaytarib beraymi?" deydi videoda.

Sud bu harakatni o‘zganing shaxsiy hayotiga noqonuniy aralashish sifatida baholamaoqda. Politsiyachi aybini tan olmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish