Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalariga aroq ichirgan qozog‘istonlik video qahramon shaxsi aniqlandi
O‘zining kichik yoshli qizlariga aroq ichishni o‘rgatgan otaning shaxsi Ostona politsiyasi tomonidan aniqlandi. Bu haqda Novosti-Kazaxstan axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxt politsiyasi tarmoqda keng tarqalib, qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan videoni o‘rganib, mazkur dalil bo‘yicha voyaga yetmaganlarga aksiljamoatchilik harakatlarga jalb etish moddasi bo‘yicha sudoldi tergovi boshlandi.
“Ko‘rilgan chora-tadbirlar jarayonida politsiya xodimlari o‘z uyida farzandlari bilan hazilomuz videorolik suratga olishga qaror qilgan 34 yoshli poytaxt fuqarosining shaxsi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.
Voyaga yetmaga bolalarning alkogol ichimliklarini iste'mol qilgani dalilini o‘rnatish maqsadida ekspertiza o‘tkazish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni qozog‘istonlik ota o‘zining kichik yoshdagi bolalariga aroq quyib berayotgani va o‘zi ham undan iste'mol qilayotgani aks etgan video tarmoqda ommalashgan edi. Videotasvirda ota farzandlarga shunchaki ermak tarzida, ularning xohishi bilan aroq quyib berayotganini ko‘rish mumkin. Mazkur video feysbukda 3 kun ichida 112 ming marta ko‘rilgan.
Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 152-moddasiga binoan, voyaga yetmagan bolalarni narkotik yoki spirtli ichimliklar ichishga jalb qilish 180-200 soat jamoat ishiga jalb qilish, 1 dan 2 yilgacha axloqni tuzatish ishlari, olti oygacha hibsga olish yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo qo‘llaniladi.