Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Di Kaprio neft kompaniyalarining «ochko‘zligi» haqida so‘zladi
«Oskar» mukofotiga nomzod sanalgan gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio neft kompaniyalarining «ochko‘zligi» borasida so‘zlab berdi.
The Guardian nashrining xabar berishicha, artist Davosda bo‘lib o‘tgan Butunjahon iqtisodiy forumida Crystal Awards mukofotini topshirish jarayonida bu bayonotni bergan. Di Kaprio mazkur tadbirda atrof-muhitni himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlangan.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, dunyo insoniyat kelajagini hisobga olmasdan turib yoqilg‘i sanoatida «korporativ ochko‘zlik»ka yo‘l qo‘ymaslik lozim. Moliyaviy qiziqishlarni deb tabiatni halokat yoqasiga boshlab kelishning ham javobi borligini bildirgan Di Kaprio. Uning fikricha, qazilma boyliklarni qazib olishni to‘xtatmasdan turib, yer sayyorasini hozirgidek saqlab qolib bo‘lmaydi.
Di Kaprio shuningdek, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozimligini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan tashqari, Di Kaprio o‘zining tabiatni himoya qilishga qaratilgan jamg‘arma fondi yangi grant dasturlari uchun 15 mln dollar mablag‘ ajratishini ma'lum qilgan.