Jamiyat | 16:36 / 20.01.2016
3043
1 daqiqa o‘qiladi

Dubay politsiyasi selfi tushuvchi mashina haydovchilarini jarimaga tortadi

Mashina haydab ketayotganda selfi tushish ortiq Dubayda 200 dirham (54 dollar) miqdoridagi jarimaga tortiladi. Bundan tashqari, haydovchilar hisobiga 4 “qora ochko” (black points) yoziladi.

Mahalliy huquq-tartibot organlarining fikricha, selfi mobil telefonda gaplashib mashina haydashdan kam darajada xavfli. Ular tufayli BAAda bir qancha yirik avariyalar sodir bo‘lgan va ularda odamlar halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish