Jahon | 18:07 / 20.01.2016
7373
1 daqiqa o‘qiladi

Elvira Nabiullina rubl kursi haqida fikr bildirdi

Rossiya banki rahbari Elvira Nabiullinaning fikricha, rublning amaldagi kursi real narx-navoga juda yaqindir. Uning so‘zlarini TASS agentligi keltirmoqda.

“Ha, hozir u fundamental asoslangan kursga yaqinlashdi”, - dedi u. Shu bilan birga, Nabiullina rublning fundamental asoslangan kursi qanchaligini aniqlashtirmadi.