Jahon | 13:43 / 20.01.2016
3100
1 daqiqa o‘qiladi

Emomali Rahmon tojikistonlik biznesmenlarni eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga yillik murojaati chog‘ida tojikistonlik biznesmenlarni eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda News.tj sayti xabar bermoqda.

Prezidentning ta'kidlashicha, o‘tgan yili mamlakatning bank sektori tomonidan turli loyihalar realizatsiyasi uchun 16 mlrd somoniy miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, shulardan 4 mlrd somoniy imtiyozli ravishda taqdim etilgandir.

O‘tgan yili Tojikiston banklari mijozlarining soni 15 foizga ortgan. Shuningdek, Rahmon tegishli strukturalarga milliy valyuta qadrini oshirish borasida choralar ko‘rishga ko‘rsatma berdi.