Jahon | 11:35 / 20.01.2016
3549
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya razvedkasi: mamlakatda zudlik bilan terrorizmga qarshi qonun qabul qilinishi kerak

Koreya Respubilkasida zudlik bilan terrorizm to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinishi lozim. Bu haqda chorshanba, 20 yanvar kuni mamlakat Milliy razvedka xizmati rahbari Kim Su Min Vazirlar Mahkamasi hamda hukmron “Senuri” partiyasi vakillari bidlan uchrashuvda ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“15 yildan buyon Milliy kengash (parlament) bilan ushbu masalada keraksiz janjallar davom etmoqda, - dedi u. – Terroristik qonunlar jamlanmasi esa fuqarolar hayotini himoya qilishga qaratilishi lozim, siyosiy savdolar vositasi emas. Teraktlarni o‘z vaqtida bartaraf etish va ekstremistlarga ko‘mak berayotganlarni jazolash uchun ma'lumotlarni yig‘ish talab qilinadi”.

Mazkur qonunlarni qabul qilish masalasi 2015 yilda Parijda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng qayta ko‘tarib chiqilgan edi. O‘shanda “Senuri” va muxolifat uning muhokamalarini qayta yo‘lga qo‘yishga kelishgandi. Deputatlar mazkur qonun maxsus xizmatlarga juda ko‘p vakolatlar berishidan xavotirga tushgani sababli mazkur qonunni qabul qilishdan bosh tortishmoqda.