Jamiyat | 16:30 / 20.01.2016
3601
1 daqiqa o‘qiladi

Jyennifer Lourens Fidel Kastroning ma'shuqasi rolini ijro etadi

Taniqli Hollivud aktrisasi Jyennifer Lourens Fidel Kastroning ma'shuqasi rolini ijro etadi. The Hollywood Reporter nashrining yozishicha, Oskar mukofot sohibasi katta ekranlarda Marita Lorents obrazini gavdalantiradi.

Loyiha Sony Pictures qo‘lida. Bayopikning nomi – “Marita”. Stsenariy muallifi Erik Uorren Singer – Lourens ishtirokidagi “Amerikacha qalloblik” kartinasining ssenariynavislaridan biri.

Film romantik ayg‘oqchilik dramasi sifatida tavsiflanmoqda. U Kastroning Lorents bilan muhabbatidan hikoya qiladi. Ular 1959 yili tanishgan, o‘shanda Marita 19 yoshda edi. Keyinchalik Marita Kubadan ketib, AQShda aksilkommunistlarga qo‘shildi va Markaziy razvedka boshqarmasi qo‘lida ishlay boshladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish