Jahon | 20:02 / 20.01.2016
3723
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida portlash sodir bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Dor ul-Omon shohko‘chasida joylashgan Rossiya elchixonasi ro‘parasida minalashtirilgan avtomobil portladi. Bu haqda Pajhwok nashri xabar tarqatgan.

Politsiya vakili Humoyun Alining aytishicha, mashina ichidagi terrorchi-hudkush portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Bu terakt tufayli kamida 12 kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Telekanal xabariga ko‘ra, hodisa yuz bergan joyga o‘t o‘chirish mashinalari yetib kelgan.

Hozircha hech qaysi terrorchilik uyushmasi yuz bergan portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmagan.