Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar Sharqiy Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan taqdirda qamoq jazosiga tortilishi mumkin
18 yanvar kuni O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tarqatgan xabarnomada ushbu mamlakatga kelib, harbiy harakatlarda ishtirok etish niyatida bo‘lgan fuqarolarni mazkur xatti-harakat keltirib chiqaradigan oqibatlardan boxabar qildi.
“Ukraina sharqida to‘xtamayotgan harbiy harakatlar, shuningdek, Ukrainaning chet el fuqarolari hamda fuqaroligi yo‘q shaxslar tomonidan Ukraina qurolli kuchlarida harbiy xizmat o‘tashiga rasman ruxsat berishi fonida O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi ushbu mamlakatga harbiy harakatlarda ishtirok etish maqsadida kelmoqchi bo‘lgan fuqarolarni tilga olingan jinoyatlarni amalga oshirmaslikka chaqirib, buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tadi”, - deyiladi xabarnomada.
Eslatilishicha, O‘zbekiston JKning 154-moddasiga ko‘ra, yollanma harbiylik boshqa davlatlar hududidagi harbiy harakatlarda noqonuniy ishtirok etganlik uchun hattoki yollanmalik belgilari bo‘lmagan taqdirda ham javobgarlik yuklaydi. Bunday jinoyatni sodir etgan shaxslar 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
“O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi har qanday bu taxlit signallar huquq-tartibot hamda O‘zbekistonning boshqa maxsus davlat organlari tomonidan sinchiklab tekshirilishidan, yuqorida modda bo‘yicha jinoyat sodir etgani yoki etish niyatida ekanligi haqida xolis axborot bo‘lgan har qanday fuqaro ta'qibga olinishidan ogohlantiradi”, - deb ta'kidlanadi hujjat matnida.
Shu bilan bog‘liq ravishda o‘zbekistonliklarga “ehtiyotkorlik” ko‘rsatib, harbiy guruhlarda ishtirok etishdan bosh tortish tavsiya qilindi.
Shu masala bilan bog‘liq ravishda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari Kiyevdagi elchixonaga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilsa bo‘ladi: (+380) 44 501-50-00 va (+380) 44 501 41 83.