Jahon | 11:27 / 20.01.2016
2605
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistondagi universitetda 2ta portlash yuz berib, bir kishi halok bo‘ldi

4 nafar qurollangan noma'lum shaxs Pokistonning Hayber-Paxtunxva viloyatidagi Charsadda shahrida joylashgan universitet hududiga bostirib kirib, portlash sodir etdi va o‘t ochdi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bu hujum natijasida bir kishi halok bo‘lib, kamida 6 kishi jarohatlangan.

Guvohlarning aytishicha, hujum qiluvchilar universitet hududida kamida ikki marta kuchli portlash sodir etishgan va o‘quv binolari hamda yotoqxonalar bo‘ylab o‘q uzishgan. Hujum uyushtirilgan vaqtda universitetda 3 mingga yaqin talaba bo‘lgan.

Universitet rektorining ma'lum qilishicha, talaba va o‘qituvchilarning hech biriga zarar yetmagan.

Tez vaqt ichida bu hududga maxsus kuchlar vakillari yetib kelib, harbiy amaliyot o‘tkazishni boshlagan.