Jahon | 17:27 / 20.01.2016
15083
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: rublning qulashi “yangi imkoniyatlar”ga yo‘l ochadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, mahalliy biznes iqtisodiy inqirozga dosh bera oldi. Bu haqda u “Rossiya tayanchi” mavzuidagi forumda “Kichik biznes – milliy g‘oyami?” mavzuidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Oxirgi ikki yil iqtisodiyot uchun juda qiyin bo‘ldi, obektiv murakkabliklar deyarli barcha sektorlarga ta'sir o‘tkazdi, ammo, umuman olganda, biznes bardosh bera olganini ta'kidlab o‘tish joiz”, - dedi u.

Bundan tashqari, prezident kursning tushishi va rubl qadrining qulashi “biznes uchun yangi imkoniyatlar” eshigini ochishiga ishonch bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish