Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:38 / 20.01.2016
5924
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston Rossiya bilan GES bo‘yicha shartnomalarni denonsatsiya qildi
Qirg‘iziston parlamenti Rossiya bilan Yuqori Norin GES kaskadi hamda Qambarota-1 GESi qurilishi bo‘yicha shartnomalarni bekor qildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Qaror chorshanba kuni plenar yig‘ilish chog‘ida qabul qilindi.
Mamlakat hukumati ilgariroq denonsatsiyaning sabablaridan biri loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yechimlarning yo‘q ekanligini xabar qilgandi. Shuningdek, moliyaviy inqiroz tufayli Rossiya taqdim etadigan kredit mablag‘lar qimmatlashib ketishi o‘zaro manfaatdorlik prinsipiga zid kelgan.