Iqtisodiyot | 16:52 / 20.01.2016
7787
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada dollarning birja kursi yangi mutlaq rekord o‘rnatdi

Rossiyada dollarning birja kursi yangi mutlaq rekord o‘rnatdi. Bunday natija Moskva birjasida 1998 yil inqirozidan buyon kuzatilmagan edi.

Sotuvlar chog‘ida qayd qilingan minimum 80.179 rubl/1 dollar bo‘lib, bu o‘tgan kungi oxirgi ko‘rsatkichdan 1.616 rublga yuqoriroqdir. 

Yevro kursi ham o‘sishda davom etmoqda: kechagi sotuvlarga nisbatan u 1.95 rublga o‘sib, 87.67 rublni tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish