Jahon | 10:28 / 20.01.2016
5155
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni neft narxlarini o‘yin qilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Riyod arzon neft yordamida Tehronga bosim o‘tkazmoqchi ekanligi haqidagi ayblovlarga javob berdi.

“Odamlar Adam Smit va iqtisodiyotning bazaviy prinsiplariga qaytishi lozim. Bu talab va taklif borasidagi tushunchalardir”, - uning so‘zlarini keltiradi CNN telekanali.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bozorning o‘zi narxni aniqlab beradi. Neftning bugungi narxi amalda bozor narxidir, qo‘shimcha qildi al-Jubayr.

“Siz tizimli ravishda bozorni o‘yin qila olmaysiz”, - deb ta'kidladi diplomat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish