Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yolg‘iz sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar ma'lum qilindi
Yolg‘iz sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar ma'lum qilindi. Reyting US News & World Report tomonidan tayyorlandi va Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida taqdim qilindi.
Ushbu ro‘yxatda 1-o‘rinni Ispaniya egalladi. Ta'kidlanishicha, bu davlatda ko‘p narsa bilan mashg‘ul bo‘lish mumkin. Ayniqsa, Sevilya va Barselona shaharlari alohida ajratildi.
2-o‘rinni boy tarixi, arxitekturasi va oshxonasiga ega Italiya egallamoqda. 3-o‘rinni Avstraliya egalladi. Bu davlatga sayohat qilish uchun vaqt talab qilinishi mumkin, biroq bu shunga arziydi.
4-o‘rinni Yangi Zelandiya egalladi, odamlar bu yerga sarguzasht izlab va faol hordiq chiqarish uchun keladilar. Yetakchi beshtalikni sayyohlarni selvalar (ekvatorial o‘rmonlar), tropik plyajlar va Rio-de-Janeyro kabi yirik shaharlari bilan jalb qiluvchi Braziliya yakunlamoqda.