Jahon | 06:32 / 21.01.2016
5801
2 daqiqa o‘qiladi

Deripaska zaif rubldan foydalanishga chaqirdi

“Rusal” kompaniyasi rahbari Oleg Deripaska Rossiya rivojlanishining xom ashyoga asoslangan modeli yakunlangani, ishlab chiqaruvchilar eksportni oshirish uchun devalvatsiyadan foydalanishlari kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda RNS.   

“Bugun dollar kursi 80 rublni tashkil qilmoqda. Bizning iqtisodiy siyosatimiz haqida yetarlicha aytilgan, u ravshan – hech narsa qilmaslik, shuning uchun hammasi o‘zimizga bog‘liq”, deb aytdi Deripaska.

Deripaska “afsuslanishga” endi kech ekanligini, qayta ishlangan material va yarimtayyor mahsulotlar eksportini oshirish uchun zaif rubldan foydalanish kerakligini ta'kidladi.

Bundan tashqari, Deripaska 2016 yil davlat ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlaydigan oxirgi yil bo‘lishini, 2017 yildan byudjyetda pul bo‘lmasligi sababli endi ularning o‘zlari davlatga yordam berishlariga to‘g‘ri kelishini aytdi. 

Avvalroq Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Rossiya hukumati neft narxining oshishiga umid qilmasa ham bo‘lishini aytgandi.