Jamiyat | 20:20 / 21.01.2016
3801
1 daqiqa o‘qiladi

Inha universitetida o‘quvchilar uchun o‘quv kurslari o‘tiladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti 5-6 va 7-8 sinf o‘quvchilarini o‘quv kurslariga taklif qiladi. Bu haqda universitet saytida ma'lum qilingan.

Maktab o‘quvchilari matematika, fizika va ingliz tili o‘quv kurslari bo‘yicha tahsil olishlari mumkin. Darslar haftasiga uch kun, 90 daqiqadan bo‘ladi.

O‘quv kurslarida o‘qish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

• Ariza;

• 4 dona fotosurat;

• Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

• Tel.: (998 71) 289 99 99 (0301)

• El. pochta: [email protected], [email protected], [email protected]

• Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish