Jamiyat | 17:49 / 21.01.2016
15198
1 daqiqa o‘qiladi

JARda keksa ayol muzlatkichdan besh nabirasining tanasini topib oldi

Janubiy Afrika Respublikasining Kakamas shahrida keksa ayolning besh nabirasi buzuq muzlatkich kamerasida qamalib qolib, bo‘g‘ilib o‘ldi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Politsiya ma'lumotlariga qaraganda, 3-7 yosh orasidagi bolalar o‘ynab yurgan hovlida buzuq muzlatkich turgan. Ular muzlatkich ichiga kirgan, ammo eshik buzilib qolgan va bolalar tashqariga qaytib chiqa olmagan. Voqea yuzasidan ish qo‘zg‘atildi. Tergov barcha bolalar bo‘g‘ilishdan halok bo‘lganini aniqladi.