Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemeron: Britaniya Rossiyaning Suriyadagi harakatlaridan mutlaq norozi
Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalaridan “mutlaq norozi”, chunki bu aviazarbalar go‘yoki “o‘rtamiyona muholifatga” qaratilgan, deb aytdi mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron SkyNews telekanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga Kemeronning ta'kidlashicha, Britaniya Rossiya bilan Suriya bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda, chunki bu Suriyadagi ixtilofni hal qilishning yagona yo‘lidir.
Kemeronning aytishicha, Britaniya hukumati bu hamkorlikka “o‘ta sovuqqonlik” va “ko‘zini ochgan” holda yondashadi.