Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama qizining bitiruv oqshomida “yig‘lab o‘tiradi”
AQSh prezidenti Barak Obama katta qizi Maliyaning bitiruv oqshomida “yig‘lab o‘tiradi”. Bu haqda davlat rahbari Detroytda o‘tgan kechki tanovul chog‘ida aytib o‘tdi.
People nashrining keltirishicha, Obama ko‘z yoshi to‘kmasdan gapira olmasligini tan olgan, shu bois indamay, jarayonni tomosha qilib o‘tirishga qaror qilgan.
Ilgariroq Baton-Ruj shahri ma'muriyatidagi chiqish chog‘ida Obama uyni tark etayotgan Maliya haqida ko‘ziga yosh olmay gapira olmasligini tan olgan edi.
Maliya Obama Vashingtondagi Sidwell Friends School maktabida o‘qiydi. Kuzda u maktabni bitirib, kollejda ta'lim olishni davom ettirishi kutilmoqda.