Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olland: Fransiya IShID bilan kurashda Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytiradi
Fransiya hukumati IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Fransua Olland bayonot berdi.
“Biz Rossiya bilan harakatlarimizni muvofiqlashtirib borib, DAIShga qarshi kurashishni istaymiz, lekin faqat DAIShga qarshi, chunki bu bizning dushmanimiz”, - dedi Olland Parijda fransiyalik va xorijlik diplomatlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida.
Ollandning ishontirib aytishicha, 2016 yilda Suriya va Iroqda IShIDga beriladigan zarbalar sur'ati va soni oshiriladi. Shuningdek, Suriya mo‘'tadil muxolifati bilan hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tildi.