O‘zbekiston | 14:29 / 21.01.2016
2715
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda AQShning Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Muvaqqat ishlar vakili Lesli Vigeri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida ikki tomon kun tartibining ayrim masalalari hamda o‘zaro qiziqish kasb etgan boshqa mavzular yuzasidan fikr almashildi.