Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:55 / 21.01.2016
3782
1 daqiqa o‘qiladi
Shoxruh Gadoyev Bahrayn chempionati jamoasiga o‘tadi
Qarshining “Nasaf” jamoasi yarim himoyachisi, o‘z vaqtida terma jamoa safida ham faoliyat yuritgan Shoxruh Gadoyev Bahraynda to‘p tepadigan bo‘ldi.
Jamoa rasmiy saytining xabar berishicha, Shoxruh Gadoyev Bahraynning “Muharrah” klubiga o‘tadi. Gadoyev ushbu klub bilan o‘zaro kelishuvga erishgan. U shu kunlarda Bahraynga boradi va klub bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Shartnoma muddati va miqdori hozircha ma'lum emas.
Qayd etish kerakki, Shoxruh Gadoyev ushbu klubga erkin agent sifatida boradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish