Sport | 21:45 / 21.01.2016
5997
2 daqiqa o‘qiladi

Sud Maskeranoga soliqlarni to‘lamagani uchun 1 yillik qamoq jazosi tayinladi

«Barselona» jamoasi himoyachisi Xaver Maskeranoning davlatdan soliqlarni yashirgani bo‘yicha navbatdagi sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lum qilinishicha, sud ushbu argentinalik futbolchiga 815 ming yevro miqdoridagi jarima hamda 1 yilga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan.

Futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi advokat David Ayneto hukmni to‘xtatish bo‘yicha apellyatsiya bilan murojaat qilgan.

Agar futbolchi qo‘shimcha 21 ming yevro miqdorida jarima to‘lasa, ozodlikdan mahrum qilish jazosidan qutulib qolishi aytilgan.

Yaqin vaqt ichida navbatdagi sud eshittiruvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi 1,5 milion yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganini tan olgandi.

Xaver Maskerano soliqlarni to‘lamaganlik uchun sudda javob beradi

Xaver Maskerano sud tomonidan soliqlarni to‘lamaganlikda ayblandi

Maskerano soliq to‘lamagani uchun shartli ravishda 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish