O‘zbekiston | 09:45 / 22.01.2016
7536
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Toshkentdagi uy-joylar narxi 13 foizga arzonladi

2015 yilda Toshkent shahridagi turar-joylar kvadrat metrining o‘rtacha bahosi 680 dollargacha arzonladi. Bu haqda Review.uz xabar qildi.

Birinchi arzonlashuv davri 2015 yilning martidan may o‘rtalariga qadar davom etdi. MDH davlatlari ko‘chmas mulk bozoriga qattiq ta'sirini ko‘rsatgan Rossiya ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyatning o‘zgargani bunga sabab bo‘ldi. Mazkur davrda sotuvchilarning ham, xaridorlarning ham faolligi oshgani kuzatildi. Kvartira masalasi “hozircha imkoniyat borida” tamoyilida hal etildi.

Ko‘chmas mulk bozoridagi ikkinchi faollik to‘lqini sentabr oyida boshlanib, noyabrda yakuniga yetdi. Natijada poytaxtdagi g‘ishtli uylar narxi o‘rtacha 10 foiz, panelli uylar esa 13 foizgacha arzonladi. Bir va ikki xonali uylar bahosi 14 foizga pastlagan bo‘lsa, 3 xonali uylar narxi 11 foizga arzonladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish