Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton Eron bilan munosabatlar normallashuvini tezlashtirishni xato deb hisobladi
AQSh Eron bilan munosabatlarni me'yorlashtirishni tezlashtirmasligi kerak. “Bu xato bo‘lar edi”, - dedi AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida.
“Eronga hozir munosabatlarni me'yorlashtirishni taklif qilishni xato deb o‘ylayman”, - dedi Klinton xonim. Siyosatchi o‘z so‘zida Qo‘shma Shtatlar davlat kotibligi lavozimida ishlagan vaqtlarida Eronning yadro shartnomasini ado etishi uchun mas'uliyatni zimmasiga olganini eslab o‘tdi. Uning aytishicha, sanksiyalar masalasida uzoq davom etgan diplomatik muzokaralar Obama va Kerri davriga kelib Eronni bir stol atrofiga o‘tirishga majbur qildi.
“Diplomatik yo‘lda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish, Eronning majburiyatni zimmasiga olgani hamda xavotirlarni keltirib chiqargan tomonlarini bartaraf etish ustida ishlashini nazorat qilib borishimizga to‘g‘ri keladi”, - dedi Klinton.
“Xavotirli tomonlar”, deganda Klinton qo‘shni mamlakatlardagi vaziyatning beqarorligi, Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlayotgani va terrorizmni nazarda tutdi. “Biz Eron bilan munosabatlarni normallashtirishga shoshilmaymiz. Prezident (Obama) ham, men ham shunday fikrdamiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.