Jahon | 19:29 / 22.01.2016
4356
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Putinning Asaddan iste'foga chiqishini so‘ragani haqidagi xabarni inkor qildi

Vladimir Putinning matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov G‘arb OAVida Rossiya prezidenti Bashar Asaddan Suriya rahbarligidan ketishini so‘ragani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

"Yo‘q. Bunday ish bo‘lmagan", deydi Peskov.

Bundan oldinroq Financial Times nashrida Putin Suriya rahbari Bashar Asaddan iste'foga chiqishni so‘ragani haqida maqola chop qilingandi.

Maqolada aytilishicha, Putinning iltimosini yetkazish uchun Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) boshlig‘i Igor Sergun Damashqqa jo‘natilgan. Nashrning yozishicha, Sergun Suriyaga o‘limidan bir necha kunlar oldin borgan. Uning o‘limi haqida 3 yanvar kuni ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish