Sport | 11:55 / 22.01.2016
2451
1 daqiqa o‘qiladi

Manuel Noyyer: Hech qachon «Bavariya»dan ketmayman deb ayta olmayman

Myunxenning «Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyyer hozirgi klubini vaqti kelganda tark etishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

«Bavariya» men uchun ikkinchi uyimdek bo‘lib qolgan. Hozir o‘zimni bu jamoada yaxshi his qilmoqdaman. Biroq, boshqa jamoada o‘z kuchimni sinab ko‘rishim ham mumkin. Amaldagi shartnomam yana 3 yildan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi", - deydi 29 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Joriy mavsumda u Bundesliga doirasida 17 o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 8ta gol o‘tkazib yuborgan. 17ta o‘yindan 11tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish