Jamiyat | 07:59 / 22.01.2016
1555
1 daqiqa o‘qiladi

Nikaraguada avtobus ishtirokidagi YTH tufayli 50dan ortiq kishi jabrlandi

Markaziy Amerikada joylashgan Nikaruguada yo‘lovchi avtobus ishtirokida ro‘y bergan yo‘l transport hodisasi 5 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, 55 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. Bu haqda El Pueblo Presidente xabar bergan.

Qayd etilishicha, bu voqea Matagalpa departamentida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobusda tormoz ishlamay qolgan va u jarlikka qulagan.

Matagalpa departamenti rahbari Shadrah Zeledonning aytishicha, voqea joyiga qutqaruvchi guruhlar hamda tibbiyot xodimlari yetib borishgan.

Uning qayd etishicha, voqea joyiga 6ta tez tibbiy yordam mashinasi jo‘nab ketgan.

Zeledonning qo‘shimcha qilishicha, shifoxonaga 44 kishi shifoxonaga yotqizilgan, qolgan jabrlanuvchilarning jarohati jiddiy emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish