O‘zbekiston | 09:29 / 22.01.2016
3222
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchisi Xitoyda ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi

ShHT kotibiyatida tashkilotning yangi bosh kotibi Rashid Alimov hamda O‘zbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi Doniyor Qurbonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda sectsco.org xabar bergan.

Uchrashuv vaqtida Toshkentda shu yilning yozida o‘tkaziladigan ShHT sammitiga tayyorgarlik ishlari hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar ShHTning dunyo sahnasida nufuzi ortayotganini qayd etishib, kuzatuvchi davlatlar bilan xalqaro va hududiy munosabatlarda aloqalarning faollashtirilishi zarurligini ta'kidlab o‘tishgan.

Doniyor Qurbonov ShHT bosh kotibiga yangi vazifasida omad va samarali faoliyat tilagan.

ShHTning yangi bosh kotibi tojikistonlik Rashid Alimov bo‘ldi

2016 yilning yozida Toshkent ShHT sammitini qabul qiladi