Jahon | 08:25 / 22.01.2016
2591
1 daqiqa o‘qiladi

Qohirada yuz bergan portlash tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi

Misr poytaxti Qohira shahrida, mashhur piramidalar hududiga eltuvchi yo‘lda portlash sodir bo‘lib, kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Egypt Independent xabar bergan.

Qurbonlarning 7 nafari politsiyachilar ekani ma'lum.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, politsiyachilar jangarini izlab, u yashiringani gumon qilinayotgan binoga kirishi bilanoq portlash yuz bergan.

Bu portlash natijasida o‘ndan ortiq kishi jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish