Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 21:01 / 22.01.2016
5869
1 daqiqa o‘qiladi
Rayhona G‘aniyeva muxlislarini soxta taklifnomalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
O‘zbek estrada san'atining vakilalaridan biri Rayhona G‘aniyeva muxlislarini soxta taklifnomalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
U “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yakkaxon konsert dasturiga kirish uchun tayyorlangan qalbaki taklifnoma suratini joylashtirib, unga “Qalbaki taklifnomalardan ehtiyot bo‘ling! Bu qalbaki!” deya izoh qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, xonandaning yakkaxon konsert dasturi 23-27 fevral kunlari poytaxtimizdagi “Istiqlol” konsert saroyida bo‘lib o‘tadi.