Sport | 08:16 / 22.01.2016
6010
2 daqiqa o‘qiladi

Roberto Karlos «Real»ga qaytmoqda

Braziliyalik sobiq futbolchi Roberto Karlos yaqin vaqt ichida o‘zining sobiq jamoasi «Real»da ish boshlaydi. Bu haqda Marsa xabar tarqatdi.

42 yoshli murabbiy kelasi haftada murabbiylar shtabiga qo‘shilishi kutilmoqda. Taxmin qilinishicha, Karlosning vazifasi yoshlar jamoalari va «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘rtasida aloqani yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Karlos o‘zining ilk murabbiylik faoliyatini Rossiyaning «Anji» jamoasida o‘tagan, o‘shanda u Andrey Gordeyevga yordamchilik qilgandi. Keyinroq esa u Turkiyada «Sivasspor»ni boshqardi va hatto «Yil murabbiyi» sifatida taqdirlandi.

Bundan oldinroq, u Hindistonda «Mumbay Siti» jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Uning o‘zi esa bir necha kun oldin «Real»ga qaytishi bo‘yicha muzokaralar boshlangani haqida xabar qilgandi.

Ma'lumot uchun, Roberto Karlos 1997 yildan 2006 yilga qadar "Real"da o‘ynagan va 584 uchrashuvda maydonga tushib, 71ta gol urgan edi.

Roberto Karlos «Real» murabbiylar shtabida Zidanga yordamchilik qilishi mumkin