Braziliyalik sobiq futbolçi Roberto Karlos yaqin vaqt içida özining sobiq jamoasi «Real»da iş boşlaydi. Bu haqda Marsa xabar tarqatdi.
42 yoşli murabbiy kelasi haftada murabbiylar ştabiga qöşilişi kutilmoqda. Taxmin qilinişiça, Karlosning vazifasi yoşlar jamoalari va «Real» boş murabbiyi Zinedin Zidan örtasida aloqani yölga qöyişdan iborat.
Karlos özining ilk murabbiylik faoliyatini Rossiyaning «Anji» jamoasida ötagan, öşanda u Andrey Gordeyevga yordamçilik qilgandi. Keyinroq esa u Turkiyada «Sivasspor»ni boşqardi va hatto «Yil murabbiyi» sifatida taqdirlandi.
Bundan oldinroq, u Hindistonda «Mumbay Siti» jamoasiga boş murabbiy bölişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Uning özi esa bir neça kun oldin «Real»ga qaytişi böyiça muzokaralar boşlangani haqida xabar qilgandi.
Ma'lumot uçun, Roberto Karlos 1997 yildan 2006 yilga qadar "Real"da öynagan va 584 uçraşuvda maydonga tuşib, 71ta gol urgan edi.
Roberto Karlos «Real» murabbiylar ştabida Zidanga yordamçilik qilişi mumkin






