Jahon | 18:16 / 22.01.2016
2255
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya adliya vazirligi hukumatga ommaviy tarzda munosabat bildirganlarni chet el agentlari deb baholashni taklif qildi

Rossiya adliya vazirligi notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunda “siyosiy faoliyat” tushunchasini aniqlashtirish borasida takliflar kiritdi. RBK nashrining xabar berishicha, yangi o‘zgartishlarda davlat organlari qarorlariga baho berish ham endilikda shunday faoliyat deb hisoblanishi ko‘zda tutilgan.

Agarda notijorat tashkilot siyosiy deb tan olinsa, u ayni paytda chet el agentlari reyestriga ham kiritilishi mumkin. Bunga asos bo‘lib siyosiy faoliyatning amalga oshirilishi yoki chet eldan mablag‘ olish xizmat qilishi mumkin.

O‘zgartishlarga muvofiq, “siyosiy faoliyati” deganda “davlat organlari va mansabdorlariga ommaviy shaklda murojaat qilish”, “zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga hamda ularning siyosatiga baho berish” tushuniladi.

Qonunning amaldagi tahririda esa siyosiy faoliyatga “davlat organlari qabul qiladigan qarorlarga ta'sir o‘tkazishga, davlat siyosatini o‘zgartirishga, shu maqsadlarda jamoat fikrini shakllantirishga qaritlgan ommaviy aksiyalar uyushtirish” kiritilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish